14:40 / 23.11.2017
52466

Bilich, Matstsari va Bert van Maarveyk - O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun 9 nomzod

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo‘yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda O‘FF rasmiy sayti.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ular qatorida murabbiylik faoliyati davomida Rossiya, Polsha, Xitoy va BAA chempionatlarida faoliyat olib borgan 49 yoshli ruminiyalik Dan Petresku nomi birinchi o‘rinda.

Foto: Rossiyskaya gazeta

Fransiya, Serbiya, Ukraina, Rossiya chempionatida harakat qiluvchi ko‘plab klublarda ishlagan 64 yoshli serbiyalik Slavolyub Muslin kabi mutaxassis ham terma jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri.

Foto: Eurosport

Shuningdek, Toshkentning «Paxtakor» hamda Moskvaning «Dinamo» kabi klublaridagi faoliyati orqali o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan 50 yoshli chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich ham nomzodlar qatorida.

Foto: Persian League

Federatsiya yana quyidagi murabbiylar terma jamoa murabbiyligi uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda va ular bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Anjyelio Alessio – Italiya, 52 yosh. «Napoli», «Yuventus», «Chelsi» klublari va Italiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.

Foto: Sport-Ekspress

Bernd Shtork – Germaniya, 54 yosh. «Shtutgart», «Volfsburg», «Borussiya» Dortmund klublari, shuningdek, Qozog‘iston, Vengriya terma jamoalarini boshqargan.

Foto: Futbol 24

Branko Ivankovich – Xorvatiya, 64 yosh. Eron milliy terma jamoasi, shuningdek, «Al-Ittifoq», «Al-Vahda», «Persepolis» klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Foto: Persian League

Slaven Bilich – Xorvatiya, 49 yosh. Xorvatiya terma jamoasi bilan 2010 yilgi JCh ishtirokchisi, «Vest Hem» klubi sobiq murabbiyi.

Foto: VVS

Valter Matstsari – Italiya, 56 yosh. «Napoli», «Inter», «Uotford» kabi klublarni boshqargan.

Foto: Xsport

Bert van Maarveyk – Niderlandiya, 65 yosh. «Feyyenoord», «Borussiya» Dortmund, «Hamburg» klublari va Niderlandiya, Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalarda faoliyat yuritgan.

Foto: Getty Images
Mavzuga oid
Top