11:22 / 23.11.2017
5993

«Lotin imlosiga o‘tishda Qozog‘iston turkiy tilli davlatlarning eng yaxshi tajribalarini o‘zlashtirishi kerak»

Foto: BNews.kz

Lotin imlosiga o‘tishda Qozog‘iston MDHdagi turkiy tilli davlatlarning eng yaxshi tajribalaridan andoza olishi kerak. Qozog‘iston Senati deputati Dinara Nuketayevaning aytishicha, yangi imloni joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim. Avvaliga ommaviy axborot vositalarida axborot ishlari amalga oshirilishi, so‘ng lotin imlosi nolinchi sinflarda joriy etilishi, adabiyotlar o‘girilishi, ta'lim kurslari tashkil etilishi lozim, deb yozadi Kazakh TV.

Dinara Nuketayeva, Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati deputati:

— Bugungi kunda ko‘plab insonlar imloning o‘zgartirilayotganini qo‘llab-quvvatlashmoqda, biz tarixiy an'analarimizga qaytmoqdamiz, 1929 yildan 1940 yilgacha lotin imlosi amalda bo‘lganida bizning millatimiz, mamlakatimiz haqida ko‘pchilik bilib olgan. Qozog‘iston shimolida pedagoglar yangi ta'lim uslublarini joriy etishga kirishib ketishgan. O‘qituvchilarning fikricha, avvalo o‘quv-uslubiy baza yangilanishi kerak. Komissiya oldida ham ulkan ishlar turibdi. Filologlarning fikricha, nafaqat ko‘cha nomlari, shuningdek reklama to‘siqlari va peshtaxtalar ham almashtirilishi lozim. Bu yosh avlodning ham, keksa avlodning ham til islohotiga tezroq ko‘nikishiga zamin yaratadi.

Janar Talaspayeva, M.Qo‘ziboyev nomidagi ShQDU professori:

—Ko‘chalardagi barcha nomlanishlar, reklama materiallari hozirdanoq insonlarga lotin imlosida taqdim etilmog‘i kerak. Shuning uchun bunga har kuni ko‘zi tushgan, o‘qiydigan insonlar asta-sekin lotincha imloga o‘rganib, ko‘nikib borishadi.

Mavzuga oid
Top