Misrning Sinay yarim orolidagi masjidlardan birida kuchli portlash sodir etilishi oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Masdar" portali xabar tarqatmoqda.
Portlash Al-Arish shahri yaqinidagi masjidda ro‘y bergan.
Xuddi shu vaqtda "Al-Ahram" gazetasi portlash oqibatida qurbonlar yo‘qligi, 70 nafarga yaqin kishi jarohatlangani haqida yozmoqda.
Ayni vaqtda jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.