15:54 / 24.11.2017
29015

Oxirgi pulini begona bilan bo‘lishgan uysiz erkakka 300 ming dollar yig‘ib berishdi

Foto: AP

AQShda uysiz Jonni Bobbit qariyb 300 ming dollarga boyib ketishi mumkin. Bu u noma'lum qizga o‘zining so‘nggi pullarini berib, yordam qilganidan so‘ng yuz berishi ehtimolga yaqin, deb xabar bermoqda Associated Press.

17 noyabr kuni Keyt Makklyur Nyu-Jyersidagi yo‘llardan birida benzini tugab qolgani uchun qolib ketgan. Bobbit unga yordam berishga qaror qilgan va qiz avtomobiliga yoqilg‘i quydirib olishi uchun o‘zining oxirgi 20 dollarini berdi.

Shundan so‘ng Makklyur yonilg‘i quyish shoxobchasiga bir necha marotaba qaytgan, u erkakka oziq-ovqat va pul bermoqchi edi. Biroq, u internetda ham mablag‘ yig‘ish bo‘yicha aksiyani ishga tushirdi hamda Bobbitga yordam uchun 10 ming dollar yig‘ishni rejalashtirdi.

Ammo 23 noyabr kungi holatga ko‘ra, saxovatpesha odamlar uysiz erkakka 280 ming dollar yig‘ib berishgan – hamda bu miqdor oshib bormoqda. Makklyurning qo‘shimcha qilishicha, bunday ajoyib inson uchun yanada ko‘proq yordam qilishga tayyor.

Mavzuga oid
Top