11:44 / 24.11.2017
23177

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yangi sport majmuasi ochildi

Foto: Yengil atletika federatsiyasi

Joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, I.Karimov ko‘chasi, 98-a uy manzilida joylashgan ("Paxtakor" markaziy stadioni)da O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yangi sport majmuasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi uchun maxsus qurilgan bino O‘rta Osiyoda tengsiz zamonaviy talablar va Yevropa standartlariga mos keladigan sport majmuasi qurib bitkazildi.

Foto: Yengil atletika federatsiyasi
Foto: Yengil atletika federatsiyasi

Mazkur binoning ilk bor qurilishi bu 2013 yilda boshlangan bo‘lib mazkur sport majmuasida 9 ta yugurish yo‘lagi, 4 ta uzunlikka sakrash, 2 ta balandlikka sakrash, 2 ta langar cho‘p bilan sakrash, 2 ta yadro irg‘itish, 2 ta nayza uloqtirish, 1 ta disk va bosqon uloqtirish sektorlari, 3000 ming metrga yugurish (stipl cheys) uchun maxsus yo‘lak. 800 o‘rinli o‘rindiqlar, 1 ta trenajyor zali, 1 ta shtanga zali. 2 ta massaj xonasi, basseyn, sauna yechinish-kiyinish va yuvinish xonalari mavjud. Majmuaning mehmonxona binosida esa 36 yotoqxona, 72 ta o‘rindan iborat va ovqatlanish xonasi 72 o‘ringa mo‘ljallangan.

Top