16:38 / 25.11.2017
5569

Andijonda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil qilinmoqda

Andijon adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi davlat notarial idoralari, FHDYo organlari hamda «Yagona darcha» markazlari xodimlari tomonidan joriy yilning 25 noyabr kuni viloyatning har bir MFY hududida har bir honadonlarning yashash manzillariga yetib borgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 noyabrdagi huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlarni amalga oshirishni tashkil etish va aholini tezkor huquqiy axborot bilan ta'minlash bo‘yicha Adliya boshqarmasining yo‘l xaritasiga asosan fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Mazkur uchrashuvlardan maqsad fuqarolarning bugungi kundagi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalarning yechimini topishdan iborat bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan shu yerning o‘zida fuqarolargi notarial harakarlar amalga oshirilib, fuqarolarning o‘zaro sarsongarchiliklari oldi olinmoqda.

Shuningdek, mazkur uchrashuvda FHDYo organlari tomonidan sha'riy nikoh asosida yashayotgan fuqarolarning qonuniy nikohlarini rasmiylashtirish va tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olmay yashayotgan fuqarolarning tug‘ilishini FHDYo organlari tomonidan qayd etilishi lozimligi shartligi yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalarni berish bilan birgalikda, ularning qayd etilishini ta'minlamoqda.

Xuddi shuningdek, «Yagona darcha» markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan uchrashuv ishtirokchilarga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Mavzuga oid
Top