22:18 / 25.11.2017
15264

La Liga. «Real» juda qiyin o‘yinda «Malaga» qarshiligini sindirdi

Foto: Reuters

Ispaniya chempionatining 13-turida «Real» o‘z maydonida «Malaga»ni qabul qildi.

Hisob 9-daqiqada ochildi. Ronaldu zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Ammo, Benzema uni boshi bilan bo‘sh qolgan darvozaga osonlikcha yo‘lladi.

Oradan 10 daqiqa o‘tgach, hisob tenglashdi. Rolan himoyachilarning qo‘pol xatolaridan foydalanib, jarima maydoni ichidan zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol etdi.

21-daqiqada «Real» hisobda oldinga o‘tib oldi. Kazemiro burchak zarbasidan yo‘llangan to‘pni boshi bilan darvoza aniq yo‘lladi.

58-daqiqada, mehmonlar yana hisobni tenglashtirdi. Chori Kastroning uzoq masofadan yo‘llangan kuchli zarbasidan so‘ng, darvozabon Kasilya to‘pni ushlab qololmadi.

75-daqiqada Modrichga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun, bosh hakam penalti belgiladi. Ronaldu to‘pni kuchli zarba bilan tepganida, darvozabon uni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, Krishtianu ikkinchi urinishda qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi.

Bu g‘alabadan so‘ng, «Real» 27 ochko bilan uchinchi o‘rinni, «Malaga» esa 7 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga, 13-tur

Real Madrid – Malaga 3:2 (2:1, 1:1)
25 noyabr, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar: 1:0 – 9 Benzema, 1:1 – 18 Rolan, 2:1 – 21 Kazemiro, 2:2 – 58 Chori Kastro, 3:2 – 76 Ronaldu. 
Real Madrid – Kasilya, Varan, Marselo, Karvaxal, Valexo, Vaskes, Kazemiro, Kroos (Teo, 81), Isko (Modrich, 62), Benzema (Mayoral, 89), Ronaldu.
Malaga – Roberto, Diyego Gonsales, Xuankar (Bess, 36), Rosales, Ernandes, Keko (Anor, 66), Gonsales, Resio, Chori Kastro, Penyaranda (Baston, 61), Rolan.
Ogohlantirishlar: Penyaranda (29), Gonsales (43), Marselo (45).

Top