10:48 / 26.11.2017
10407

Yaponiya Oyni zabt etmoqchi

Foto: Reuters

Yaponiya 2020 yillarda o‘z fazogirlarini Oyga yuborishga umid qilmoqda. Bu haqda mahalliy OAVga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Bu maqsadni mamlakatning Deep Space Gateway — Oyda istiqomat qilish modulini barpo etish bo‘yicha xalqaro dasturda ehtimoliy ishtiroki bilan amalga oshirish mumkin. 

Yaponiya dastur ishtirokchisi sifatida kemalarni barpo qilish, mahalliy olimlarning suv va havoni tozalash sohasidagi ishlanmalarini taqdim etadi. 

NASA, «Roskosmos» va hamkorlari 2020 yillarda Deep Space Gateway deb nomlanuvchi istehkomni Oyda barpo qilishni boshlaydi. 

«Birinchi bosqichda Oy yuzasida qayta ishlangan texnologiyalardan orbital qism barpo etiladi. Birinchi modullar 2024–2026 yillarda Oy orbitasiga olib chiqilishi mumkin», — degan «Roskosmos» davlat korporatsiya rahbari Igor Komarov.

Mavzuga oid
Top