20:19 / 26.11.2017
12177

Bitkoin kursi yangi rekord o‘rnatdi

Foto:Reuters

Bitkoin kursi tarixda ilk marta 9000 dollardan oshdi. Shu tariqa, kriptovalyuta 10 ming dollarlik qiymatga jadal yaqinlashmoqda. Avvalroq bitkoin kursi 10 ming dollarga yetishi jiddiy sinov deb atalgandi.

26 noyabrdagi savdolar vaqtida bitkoin kursi 9043 dollarga yetdi. Savdolar ochilishi vaqtida uning kursi 8763 dollar bo‘lgan va shu tariqa 280 dollarga qimmatlashgan.

Biroq bitkoin rekord natija qayd qilgach, 8932 dollargacha tushib ketgan hamda oxir natijada 8965 dollar qiymatida to‘xtagan. Shu o‘sish hisobiga bitkoinning kapitallashuvi 149 milliard dollarga yetdi.

O‘tgan haftada bitkoin kursi 8 ming dollardan oshgandi.

Ba'zi prognozlarga ko‘ra, bitkoin kursi yil oxirigacha 10 ming dollargacha yetishi mumkin.

Noyabr boshida bitkoin kursi deyarli 30 foizga pastlab, 5605 dollargacha arzonlashgandi. Bu holat sarmoyachilar bitkoindan ajralib chiqqan bitkoin-kesh kriptovalyutasiga e'tibor qaratishgani bilan bog‘liq bo‘lgan.

Top