11:32 / 26.11.2017
37851

Messining yangi narxi ma'lum bo‘ldi

Foto: twitter/fcbarcelona

Hujumchi Lionel Messining «Barselona» bilan tuzgan shartnomasida unga belgilangan tovon puli miqdori ham aniq bo‘ldi.

2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomada istalgan vaqtda bitimni buzish tovon puli 700 million yevro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Messi kataloniyaliklar safida 14 mavsumdan buyon to‘p surib keladi. 2020/21 yilgi mavsum Messining «Barsa» safidagi 17-bo‘ladi.

Top