11:36 / 26.11.2017
22350

Misrda jangovar tayyorgarlikning eng yuqori darajasi e'lon qilindi

Misr ichki ishlar vazirligi Sinay yarimorolidagi teraktdan keyin mamlakatning barcha hududlarida xavfsizlik kuchlari jangovar tayyorgarligining eng yuqori darajasini e'lon qildi. Bu haqda MENA nashri xabar bermoqda

Xavfsizlik kuchlarining qo‘shimcha bo‘linmalari Misrning asosiy obektlarida joylashtirildi. Sayyohlik zonalari, davlat muassasalari, banklar va politsiya bo‘limlari, shaharlar va aholi punktlariga kirish-chiqish joylari alohida nazoratga olingan.

Masjidlar, cherkovlar, teatr va kinoteatrlar hamda odamlar ko‘plab yig‘iladigan boshqa joylarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. 
Yo‘llarda avtoulovlar tekshirilmoqda, ko‘chalarda mobil patrullar navbatchilik olib bormoqda. Shuningdek, Misrning Afrikadagi qismi va Sinayni bog‘lovchi tunnel hududida avtoulovlar tekshirilishi kuchaytirilgan. Liviya bilan chegaradosh hududlarda reydlar o‘tkazilmoqda.  

Mavzuga oid
Top