10:17 / 27.11.2017
15129

Almazbek Atamboyevga Qirg‘izistonning eng oliy unvoni berildi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevga Qirg‘iz respublikasi qahramoni unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonda qayd etilishicha, ushbu unvon Atamboyevning xalq oldidagi xizmatlari, mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, siyosiy iroda va jasurligi uchun taqdim etilmoqda. 

«Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov imzolagan farmonga muvofiq, Atamboyev Almazbek Sharshenovichga «Qirg‘iz Respublikasining Botiri» unvonining oli darajasi «Ak Shumkar» mukofotini taqdim etish bilan birga beriladi», — deyiladi mamlakat prezidenti saytida. 

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni Jeenbekov tantanali qasamyod qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishgan edi

Mavzuga oid
Top