00:09 / 27.11.2017
4696

Devis kubogining joriy mavsumdagi g‘oliblari aniqlandi

Foto: REUTERS/Yves Herman

Fransiyalik tennischilar joriy mavsumdagi Devis kubogining g‘oliblari bo‘ldilar. Fransiya terma jamoasi bu unvonni 10-marta qo‘lga kiritdi.

Musobaqa finalida fransuzlarga Belgiya terma jamoasi tennischilari qarshilik ko‘rsatishdi. Hal qiluvchi o‘yinda fransuz Lyuk Puy raqibi Stiv Darsisni 6:3, 6:1, 6:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Umumiy hisob esa Fransiya hisobiga 3:2 ko‘rinishga keldi.

Fransiya terma jamoasi oxirgi marta bu unvonni 16 yil oldin qo‘lga kiritgandi. Frantsuzlar 1927 yildan 1932 yilgacha kubokka qatorasiga 6 yil egalik qilishgan.

2016 yilda kubokni Argentina qo‘lga kiritgandi.

Top