09:00 / 27.11.2017
22125
Reklama

Konversion kartalar bo‘yicha yana bir qulaylik

Aktsiyadorlik  tijorat banki “Qishloq  qurilish  bank”  mijozlarga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlarni joriy qilishga intilmoqda. 2017 yil 1 noyabr holatiga bank tizimida 42  ta filial, 40 ta minibank va 268 ta shohobchalar  faoliyat yuritmoqda va ular orqali 824 mingdan  ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Shu kunlarda bank tomonidan xalqaro to‘lov kartalaridan foydalanuvchi mijozlar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Endilikda konversion kartalar bilan internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Foto: Qishloq qurilish bank

Shuningdek, bank filiallarida chet el valyutasini so‘m plastik kartalaridagi mablag‘lar orqali sotib olish imkoniyati ham  yaratilgan. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bankning 39 ta filialida konversion operatsiyalar bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Jismoniy shaxslar xorijiy valyutani xarid qilishmoqchi bo‘lishsa, VISA xalqaro plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Shuningdek, bankda konversion kartalararo pul o‘tkazmalari xizmati joriy etilgan. Konversion karta egalari o‘z hisobidan xorijiy valyutani qabul qiluvchi chet elda bo‘lgan taqdirda ham kartadan kartaga o‘tkazishlari mumkin.  Faqat bu xizmatning bitta talabi bor. U ham bo‘lsa mablag‘ o‘tkazuvchi ham, qabul qiluvchi ham “Qishloq qurilish bank” konversion kartasi egalari bo‘lishi lozim. 

Fuqarolar “Qishloq qurilish bank” konversion kartalaridan xorijda hech qanday cheklovlarsiz, shu jumladan, bank hisobvaraqlari orqali xorijda o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlardagi to‘lovlar uchun foydalanishi mumkin. 

“Qishloq qurilish bank”  konversion  kartalaridan  foydalaning!
“Qishloq qurilish bank” – farovon  hayotingiz  xizmatida! 
Murojaat  uchun: +0 (371) 150-93-39, www.qqb.uz

Bank  axborot  xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida
 

Top