00:22 / 27.11.2017
11946

NASA yorilmaydigan shina yaratdi

Foto: NASA

NASA koinot agentligining Jon Glenn nomidagi tadqiqot markazida “superelastik shina” prototipi yaratildi, deb xabar bermoqda Tech Times nashri.

Bu shinani yaratishda markaz xodimlarining shinalar ishlab chiqaruvchi Goodear kompaniyasi mutaxassislari bilan avval yaratgan prujinali shinasi takomillashtirildi. Prototip titan va nikel qotishmasidan tayyorlangan ko‘plab prujinalardan tashkil topgan.  

Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, shina “o‘ta elastik” bo‘lib, to‘siqdan o‘tayotganda eziladi, biroq keyin tezda avvalgi holatiga qaytadi. Shu sababli u teshilmaydi. Bundan tashqari, pokrishka katta og‘irlikni ko‘tara oladi. 

Ushbu shina marsoxodlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, NASA’da bu shinalar kelgusida an'anaviy avtomobil pokrishkalari o‘rniga kelishi mumkinligini aytishmoqda.

Mavzuga oid
Top