21:30 / 27.11.2017
44695

Neymar «Real»ga shart qo‘ydi

Foto: Reuters

«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni xarid qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.

25 yoshli futbolchi Ispaniyaga qaytishga qarshi emas, ammo Qirollik klubiga qat'iy shart qo‘ygan. Neymar portugaliyalik Krishtianu Ronaldu «Real»ni tark etmaguncha, Madridga qadam bosmasligini aytgan, deb xabar bermoqda Don Balon.

Braziliyalik to‘purar «Barselona»ni Messining soyasida qolib ketayotgani uchun tark etgandi. Endi esa u yana bir yulduzning soyasiga qaytmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronalduning «Real» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.

Top