11:30 / 27.11.2017
9507

Si Tszinpin xitoyliklarni hojatxonalarni tartibga keltirishga chaqirdi

Foto: Reuters

XXR raisi Si Tszinpin xitoylik fuqarolarni hojatxonalarni tubdan o‘zgartirishga chaqirdi, bu ichki turizm va hayot sifatining o‘sishiga turtki berishi kerak. Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.

«Hojatxonalar muammosi – bu kichik narsa emas, bu madaniyatli shaharlar hamda qishloqlarni qurishdagi juda muhim jihat», - deya ta'kidlab o‘tgan Xitoy yetakchisi.

Ta'kidlanishicha, Si «hojatxonalar inqilobini» 2015 yilda boshlagan. Uning ishonch bildirishicha, hojatxonalarni tartibga keltirish va ularda to‘g‘ri gigiyenaga amal qilish madaniyatli jamiyatni shakllantirishga imkon beradi.

Si Tszinpinning qo‘shimcha qilishicha, turistik kompaniyalar so‘nggi uch yil davomida taxminan 68 ming hojatxonani modernizatsiya qilishdi.

Top