18:10 / 27.11.2017
10012

Smartfonga qaramlik bilan kurashuvchi qurilma o‘ylab topildi

Foto: Leonhard Hilzensauer

Avstriyalik dizayner gadjyetlarga qaramlikni yo‘qotishi mumkin bo‘lgan smartfonga o‘xshash qurilmani yaratdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Qurilma plastikdan tayyorlangan smartfon nusxasi bo‘lib, unga tosh marjonlar qo‘yilgan. Ularni aylantirish va gadjyet bilan ishlanganidagi harakatlarni takrorlash mumkin. 

Soxta nusxa yaratuvchisining fikricha, insonlar uning ixtirosidan foydalanib, smartfonlarga kamroq e'tibor qaratishi va qaramlik darajasini pasaytirishlari mumkin.

Mavzuga oid
Top