15:30 / 27.11.2017
12062

Turkmanistonda yagona saylov kuni belgilandi

Foto: Getty Images

Turkmanistonda yagona umumilliy saylov kuni belgilandi. Shunday qilib, mart oyining oxirgi yakshanba kunida barcha turdagi saylovlar o‘tkazilishi belgilandi. "Turkmaniston Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, hujjatning 4-moddasi birinchi qismiga ayrim xatboshilar bilan to‘ldirilgan.

"Turkmaniston Prezidenti, Turkmaniston Majlisi (parlamenti), xalq maslahatlari, kengashlariga saylovlar martning oxirgi yakshanbasida o‘tkaziladi. Xalq maslahatlari, kengashlar a'zolarini saylash ma'muriy-hududiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar sababli boshqa muddatlarda o‘tkazilishi mumkin", — deyiladi Turkmaniston milliy axborot agentligi xabarida. 

Ushbu qonun rasman e'lon qilingan kunidan e'tiboran kuchga kirishi belgilangan. Bundan avval, saylov muddati parlament qarori bilan aniqlanar edi. 

Top