06:41 / 28.11.2017
6290

Bag‘doddagi teraktda 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / A. Savin

Bag‘dodda terrorchi-xudkushlar hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Bu haqda xavfsizlik kuchlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda Iroq axborot agentligi ma'lum qildi.

Terakt 27 noyabr kuni shaharning janubida joylashgan An-Nahravan tumanida ikki terrorchi tomondan sodir etilgan. Ma'lum qilinishicha, terrorchilardan biri o‘zini portlatgan, ikkinchisi xavfsizlik kuchlari tomondan otib tashlangan.

Hozircha hech qaysi bir radikal guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid
Top