07:19 / 28.11.2017
28953

Xitoyda yo‘lbars qafasdan chiqib ketib odamlarga tashlandi

Foto: tengrinews.kz

Xitoyning Linfen shahrida sirk tomoshasi vaqtida yo‘lbars qafasdan chiqib ketib, tomoshabinlarga tashlandi. Bu haqda Shanghaiist nashri xabar bermoqda.

Voqea 25 noyabrda yuz bergan. Internetda paydo bo‘lgan videoda katta qafasda hayvon o‘rgatuvchilar bilan birgalikda yo‘lbars, it va ayiq borligini ko‘rish mumkin. Biroq aynan yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchilar kaltaklaridan keyin yaxshi yopilmagan eshik orqali tashqariga otilib chiqqan.

Darg‘azab yo‘lbars odamlarga tashlanganda ular sarosimaga tushib har tomonga qocha boshlashgan.

Tsirk xodimlari yo‘lbarsni tezda qafasga qaytarishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq yo‘lbars 2 bolaga jarohat yetkazgan.

Mavzuga oid
Top