20:35 / 28.11.2017
15052

Qamoqdan qochmoqchi bo‘lgan mahbus chiqindi mashinasi ichida qamalib qoldi

Foto: CBS News

AQShning Filadelfiya shahrida noodatiy voqea yuz berdi. Shahardagi The Kintock Group qamoqxonasida jazo o‘tayotgan 31 yoshli mahbus chiqindi mashinasida qamoqdan qochishga qaror qilgan. Biroq mahbusning bu urinishi uning chiqindilar mashinasida qamalib qolishi bilan yakunlandi. Voqea 27 noyabrda yuz bergan. 

Mahbus o‘zining rejasini amalga oshirmoqchi bo‘lib, qamoqdagi chiqindi tashlanadigan katta idish ichiga keyinroq chiqindilar bilan birga chiqindi mashinasida olib ketilishi uchun yashirinib olgan. Biroq hammasi “uddaburon” mahbus o‘ylaganchalik silliq chiqmadi: u “chiqindi” sifatida mashinaga tushgach, o‘zi uchun xavfsiz joy topa olmagan va chiqindi mashinasining chiqindilarni zichlovchi pressi ta'siriga tushib qolgan. Buning oqibatida u oyoqlaridan jarohat olgan.  

Mahbus qutqaruvchilar uni chiqarib olishmaguncha chiqindi mashinasida 2 soat o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Jabrlanuvchi zambilga ortilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Mavzuga oid
Top