15:07 / 28.11.2017
15394

Merkel o‘zini dahshatga solgan hodisa haqida gapirdi

Foto: Reuters

Germaniyaning Altena shahri burgomistri (hokimi)ga pichoq bilan qurollangan erkakning hujum qilishi GFR kansleri Angela Merkelni dahshatga solgan. Bu haqda Germaniya hukumati vakili Shteffen Zaybert tvitterdagi sahifasida xabar berdi.

«Kantsler Merkel: Burgomistr Andreas Holshteynga pichoq bilan amalga oshirilgan hujum meni dahshatga soldi. Hamda men u yana o‘z oilasi bilan birga bo‘lishi mumkin ekanidan juda xursandman. Unga yordam bergan barchaga rahmat», - deya yozgan u.

Avvalroq Germaniyadagi shahar hokimiga pichoq bilan qurollangan erkak zarba bergani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid
Top