23:57 / 28.11.2017
29967

Shimoliy Koreya 2,5 oylik “sukut”dan keyin ilk ballistik raketasini uchirdi 

Foto:epa/vostock-photo

Shimoliy Koreya turi aniqlanmagan ballistik raketa uchirdi. Bu haqda 28 noyabrda Janubiy Koreya shtablari boshliqlari qo‘mitasiga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, raketa mamlakat shimolidagi Pxyonan-Namdo viloyatidagi raketalarni uchirish maydonchasidan uchirilgan. Raketa sharqiy yo‘nalish bo‘ylab ketgan. Janubiy Koreya harbiylari ushbu holatni amerikalik hamkasblari bilan tahlil qilishga tushib ketishgan.

2017 yil 29 avgust va 15 sentabrda Shimoliy Koreya raketalar uchirgandi. Bu raketalar Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tgan. Shundan keyin Pxenyan hech qanday sinovlarni amalga oshirmagan.

Shimoliy Koreya 3 sentabrda 6-raqamli yadro sinovini o‘tkazganini ma'lum qilgan.

 

Mavzuga oid
Top