08:41 / 28.11.2017
12927

Toshkent shahrida birorta ham fosh etilmagan jinoyat yo‘q – Toshxo‘jayev

Foto: Doniyor Toshxo‘jayev/Kun.uz

27 noyabrda Toshkent shahar IIBBda navbatdan tashqari matbuot brifingi bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilingan edi. “Tozalash – Antiterror” tadbirlar majmuasiga bag‘ishlangan brifingda ishtirok etgan ShIIBB rasmiy vakili D.Toshxo‘jayev poytaxtda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar to‘liq fosh etilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

“Bugun men, nafaqat ishonch bilan, balki faxr bilan bayonot berishim mumkinki, Toshkent shahrida birorta ham fosh etilmay qolayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat yo‘q. Barcha og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar izi sovumasidan fosh etilmoqda. Agar kimdir, yoki qaysidir jinoyatchi o‘zining jinoiy rejalarini tuzayotgan bo‘lsa, bizni eshitib qo‘ysin, bu shunchaki balandparvoz gaplar emas. 

Bugungi kunda shahar ichki ishlar idoralari yangicha tizimda ish olib bormoqda. Prezident va hukumatning doimiy e'tiborida bo‘lgani sababli yangi zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda. Men hatto alohida qayd eta olaman, maxsus texnikalar ham joriy qilinmoqda. Shunday ekan, ishonchingiz komil bo‘lsin, shahar hududida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bundan keyin ham fosh etiladi”, - dedi Doniyor Toshxo‘jayev. 

Top