10:20 / 28.11.2017
10525

“Uddaburon” o‘g‘ri o‘zganing yong‘indan keyin tutab turgan mashinasini temir-tersakka topshirib yubordi

Rossiyaning Kaliningradida yashovchi 27 yoshli erkak yonib ketgan BMW avtomobilining kuzovi o‘g‘irlab ketilgani yuzasidan politsiyaga murojaat qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda. Jabrlanuvchining aytishicha, bu voqea o‘t o‘chiruvchilar  uning yonib ketgan mashinasini o‘chirishgandan 20 daqiqa o‘tib sodir bo‘lgan. 

Politsiya yonib kul bo‘lgan mashina o‘g‘risini qaynoq izlar bo‘yicha topdi. Aniqlanishicha, 37 yoshli retsidivist ko‘chada hali tutashda davom etayotgan mashinaga ko‘zi tushib, temir-tersak qabul qilish punktiga uni topshirish taklifi bilan murojaat qilgan. 

U mashinaning egasi ekanligini, mashina hujjatlari yong‘in vaqtida yonib ketganini aytgan.

Temir-tersak qabul qilish punkti xodimlari yong‘in joyiga tezda yetib kelishib, erkakka 30 ming rubl to‘lab, kuzovni olib ketishgan.

Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchiga nisbatan “O‘g‘rilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U “uddaburonligi” uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top