17:17 / 28.11.2017
16304

O‘zbekiston xorijiy investorlarga eshiklarni ochmoqda - Reuters

Foto: KUN.UZ

Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni his etib, 10 qavatli ofis binosini qurish hamda xalqaro savdoga mo‘ljallangan konsalting kompaniyasi ochishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Qozog‘iston Xalq banki rahbari Umut Shayaxmetova O‘zbekistonda filial ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Reuters.

Ularning rejalari ko‘plab mamlakatlar uchun oddiy narsa bo‘lib ko‘rinsa-da, e'tiborga loyiq, sababi O‘zbekiston, Shayaxmetovaning so‘zlariga ko‘ra, “noldan boshlamoqda”.

So‘nggi vaqtlarda xorijiy investorlar Toshkentga yo‘l qurishni boshlashdi, sababi ularni ushbu davlatning neftgaz resurslari, paxta maydonlari, shuningdek, mashinasozlik, oziq-ovqat mahsulotlari, uskunalar va kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish bo‘yicha turli sohalari o‘ziga jalb etmoqda.

Shu bilan birga, ularda xavotir uchun sabab ham bor: asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxslar joriy yilda Nyu-York, Istanbul, Stokholm va Sankt-Peterburgda qator hujumlarni amalga oshirdi, natijada kamida 65 kishi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonning yangi prezidenti, sobiq bosh vazir Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha harakatlarni boshladi. 

O‘zbekiston avgustda 2019 yildan boshlab chiqish vizalari tizimini bekor qilish haqida qaror qabul qildi.

Toshkent bir oy o‘tib paxta yig‘im-terimiga jalb etilgan o‘qituvchilar, talabalar va tibbiyot xodimlarini uyga qaytarish haqida topshiriq berdi, hamda kapital harakati ustidan nazorat qilish bo‘yicha ko‘plab choralarni bekor qildi, ular davlat zaxiralari hajmini oshirgan, biroq savdo va investitsiyalarga to‘siq bo‘lgan.

AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Singapurda yashagan va ko‘chmas mulk, savdo, moliya hamda boshqa sohalardagi kompaniyalarni boshqaruvchi 36 yoshli Abdurahmonov uchun valyuta islohoti mablag‘larni yopiq tizimdan qidirish emas, balki bor e'tiborini pul topishga qaratish imkoniyatini anglatadi. 

“O‘ylashimcha, muhit o‘zgarayotgani havoda sezilib turibdi”, - deya aytib o‘tgan u intervyuda.

“Odamlar yangi kompaniyalar ochishni rejalashtirmoqda, bizda ko‘plab startaplar paydo bo‘layotganini ko‘rish mumkin”.

Qozog‘iston Xalq banki rahbari Shayaxmetovaning so‘zlariga ko‘ra esa, 26 mlrd dollarlik hajmdagi aktivlarga va Rossiya, Gruziya hamda Qirg‘izistonda filiallarga ega bank bir yarim yildan so‘ng Toshkentda ham o‘z bo‘limini ochishi mumkin.

“Biz bozorni o‘rganish, tegishli idoralar bilan muloqot qilish hamda ular nima qilishni istashayotganini tushunish bosqichidamiz”, - deya aytib o‘tdi bank rahbari.

 

Top