19:42 / 28.11.2017
6602

O‘zbekistonlik paralimpiyachi Tailand poytaxtida mamlakat bayrog‘ini yuqoriga ko‘tardi

2017 yil 25-27 noyabr kunlari Tailandning Pattaya shahrida parakanoe bo‘yicha ikkinchi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionatda 10 davlatdan 100 ga yaqin paralimpiyachi kuch sinashdi. Shular orasida uch nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi ishtirok etib, uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, ayollar o‘rtasida kechgan bahsda 200 m masofani paralimpiya sportchimiz Mirzayeva Shahnoza (00:53.18) natijasi bilan barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni eronlik Shahla Behrozirad (00:56.39) hamda uchinchi o‘rinni yaponiyalik Yoshimi Kaji (01:03.68) natijasi bilan egalladi.

Erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda (M-KL2) sinfida 200 m masofani 00:46.12 soniyada suzib o‘tgan yurtdoshimiz Abdulxabibov Azizbek faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga yana bir hamyurtimiz (M-VL3) sinfida 200 m masofani 00:58.99 soniyada suzib o‘tgan Sherqo‘ziyev Xayitmurod uchinchi oltin medalni O‘zbekiston hisobiga qo‘shdi.

Mavzuga oid
Top