18:36 / 28.11.2017
12205

JCh-2018’ning rasmiy plakati taqdim qilindi

FIFA Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatining rasmiy plakatini taqdim qildi.

Plakat markazidan futbol tarixida “Oltin to‘p” olgan yagona darvozabon (1963 yil), afsonaviy Lev Yashin surati joy olgan.

FIFA bosh kotibi Fatma Samura plakat taqdimotiga izoh berdi.

“JCh-2018’ning rasmiy plakati Rossiyaning badiiy va futbol merosining aksi hisoblanadi. Biz futbol uchun afsonaviy shaxsni sharaflaydigan va Rossiyadagi jahon chempionati yaqinlashayotganining ramziy ishorasi bo‘lgan bu ajoyib va muhim asardan faxrlanamiz”, deb aytilgan FIFA bayonotida.

Jahon chempionatida Rossiyadan tashqari, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Riki, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Fransiya, Portugaliya, Panama, Urugvay, Kolumbiya, Argentina, Marokash, Tunis, Senegal, Shveytsariya, Xorvatiya, Shvetsiya, Daniya, Avstraliya, Peru terma jamoalari ishtirok etadi.

Uchrashuvlar Moskva, Peterburg, Kaliningrad, Samara, Yekaterinburg, Volgograd, Rostov-Don, Qozon, Nijniy Novgorod, Sochi, Saransk shaharlarida 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha bo‘lib o‘tadi.

Top