00:20 / 29.11.2017
10036

Haydovchilar tasavvuridagi ideal avtomobil qanday bo‘lishi kerakligi aniqlandi

Foto: webuyanycar.com

Britaniyaning avtomobillar sotish bo‘yicha onlayn-servisi webuyanycar.com 2300 haydovchi o‘rtasida ularning fikricha ideal avtomobil qanday bo‘lishi kerakligini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi. Kompaniya rassomlari so‘rovnoma natijalariga ko‘ra bunday ideal mashinani "yaratishdi".
 
Haydovchilarning fikricha, ideal avtomobil – bu Lamborghini Urus kuzoviga ega, yorqin ko‘k rangga bo‘yalgan krossoverdir. Avtomobilning old qismi Alfa Romeo Giulia sedani uslubida yaratilishi kerak. Mashina eshiklari Audi R8’dan, orqa aksqanoti esa Lamborghini Gallardo’dan olinishi lozim. Bundan tashqari, ideal mashinada Honda Civic Type R mashinasining g‘ildirak disklari, old va orqa chiroqlar esa BMW 6 seriyasidan olinishi lozim. Bu mashinani esa Bentley kompaniyasi ishlab chiqarishi kerak. 

So‘ralganlardan yarmiga yaqini shaxsiy davlat raqamlari olishni, 33 foizi esa mashina ucha olishi, 5 foizi esa suv ostida harakatlana olishi kerakligini aytishgan.

2015 yilda Warranty Direct sug‘urta kompaniyasi “qo‘rqinchli” avtomobil – Horrific H-OWL3R konsepsiyasini taqdim qilgan. Bu mashina turli modellarning eng ko‘p buziluvchi bo‘g‘inlaridan yasalgan. Mashina Mazda5 podveskasini, Mitsubishi Outlander dvigatelini, Honda CR-V iqlim qurilmasini va Lexus GS elektr jihozlarini olgan.

 

Mavzuga oid
Top