16:53 / 29.11.2017
22476

«AQSh Markaziy Osiyodagi pozitsiyalarini yo‘qotmoqda»

Foto: AP

Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyoda harbiy jihatdan bo‘lishi «ruslar ta'siri» tufayli qisqardi. Bu haqda Yevropa parlamenti tadqiqot markazining noyabr oyidagi hisobotida aytiladi, deb xabar bermoqda RT.

«AQShning Markaziy Osiyoda harbiy jihatdan bo‘lishining kuchsizlanishi qisman Afg‘onistondagi amaliyotlar ko‘lamining kamayishi bilan bog‘liq, biroq asosiy sabab – mintaqaning Rossiya ta'siri ostiga qaytishidir. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Rossiyaning harbiy ittifoqdoshlari sanaladi, Rossiya 2014 yilda Qirg‘izistonni AQSh bilan «Manas» aviabazasini ijaraga berish bo‘yicha kelishuvni uzaytirmaslikka ishontira oldi, - deya ta'kidlanadi hisobotda.

Yevroparlament tahlil markazi mutaxassislarining xabar berishicha, AQSh Rossiyaga Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo darajasi bo‘yicha ham mag‘lub bo‘lmoqda. Xususan, 2016 yilda Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyo davlatlari umumiy savdo hajmidagi ulushi atigi 2,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Rossiyaning mintaqaviy bozordagi ulushi 18 foizga teng bo‘ldi.

AQShning roli pasayishi Vashingtonning mintaqaga milliardlab mablag‘ kiritishi fonida ro‘y berdi, ular Markaziy Osiyo davlatlariga investitsiyalar ko‘rinishida kirib kelmoqda.

«Qozog‘iston, ayniqsa uning iqtisodiyoti neft sektori O‘rta Osiyodagi Amerika investitsiyalarining eng yirik obekti sanaladi. 2017 yil holatiga ko‘ra, AQShning bu davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalari 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Natijada Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonda kattaligi bo‘yicha ikkinchi xorijiy investorga aylandi. Bundan tashqari, AQShdan sarmoyalar oqimi tezlashdi, va ularning hajmi 2017 yilning birinchi yarmida 2,3 mlrd dollarlik rekord darajaga o‘sdi», - deya ta'kidlanadi hisobotda.

Top