23:30 / 29.11.2017
14196

Bag‘dod qamoqxonasida yuzdan ortiq ona va bolalar saqlanmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Instagramdagi o‘z akkauntida Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi qamoqxonalardan birida Rossiyaning yuzdan ortiq fuqarosi, jumladan, ko‘plab bolalar hibsda saqlanib kelayotgani haqida xabar qoldirgan.

«Rossiya fuqarolari bo‘lmish ayollar va bolalarning katta guruhi joylashgan joy aniqlandi. Ularning ism-familiyalari ma'lum. Ularning orasida 25 ayol va 79 bola bor», — deb yozgan u o‘z Instagramida.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, RF fuqarolari ilgari Mo‘suldagi lagerda ushlab turilgan, so‘ngra Bag‘doddagi ayollar qamoqxonasiga keltirilgan «Chechenistondan faqat bir oila bor, qolganlar turli hududlardan... Ularning orasida yaradorlar va nogironlar ham bor», — degan Qodirov.

Qodirovning ta'kidlashicha, rossiyaliklarni vataniga qaytarish borasidagi ishlar TIV, mudofaa vazirligi va boshqa idoralar bilan jips hamkorlikda amalga oshiriladi. «Biz darhol Iroq hukumati vakillari bilan aloqaga chiqdik. Men Ziyod Sabsabiy (Chechenistondan senator, Rossiya Federatsiya Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari) ga ularni Rossiyaga qaytarish bo‘yicha bitimga erishish uchun jamiki choralarni qo‘llash majburiyatini yukladim», — degan Qodirov.

O‘tgan to‘rt oy ichida Rossiyaga Checheniston, Dog‘iston, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi, Tver oblasti va RFning boshqa hududlari, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonda yashab kelgan 90 dan ziyod ayollar va bolalar evakuatsiya qilingani xabar qilingan edi.

RF prezidenti qoshidagi bolalar huquqi bo‘yicha Anna Kuznetsova bergan ma'lumotga ko‘ra, Suriya va Iroqdagi jangovar harakatlar zonasida Rossiyaning 500 dan ortiq voyaga yetmagan fuqarolari hamon qolmoqda.

Mavzuga oid
Top