18:00 / 29.11.2017
8871

Erondagi zilzila qurbonlari soni 500 kishidan oshdi

Foto: AFP

Eron g‘arbida sodir bo‘lgan dahshatli yer silkinishida halok bo‘lganlar soni 505 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mamlakat Sud tibbiyoti tashkilotiga tayangan holda.
 
Bir necha kun avval qurbonlar soni 483 kishiga yetgani, 12 mingdan ortiq odam jabrlangani haqida ma'lum qilingan edi. 

"Halok bo‘lganlar soni 505 kishiga yetdi", — deyiladi tashkilot saytida. 

Noyabr oyi o‘rtalarida Eron va Iroq chegarasidagi Kirmonshoh viloyatida 7,3 ballik yer silkinishi qayd etilgan edi. Yer osti silkinishlari mintaqaning boshqa davlatlarida ham sezilgandi.
 

Mavzuga oid
Top