21:49 / 29.11.2017
23208

Olimlar 8 km chuqurlikda yashovchi baliqni namoyish qilishdi

Foto: Earther

Olimlar xalqaro guruhi dunyodagi eng chuqur hisoblangan Mariana botig‘ida 8 km chuqurlikda yashovchi baliqqa nom berishdi. Ushbu baliq dunyodagi eng chuqurda yashovchi baliq hisoblanadi. Baliq Mariana snailfish (Mariananing  dengiz shilimshig‘i) deb ataldi.

Ma'lum qilinishicha, bu baliq hozirgacha tutilgan eng chuqurda yashovchi baliqdir. U ko‘rinishidan shishib ketgan tovuq filesini eslatib yuboradi. Olimlarning ta'kidlashicha, baliqlar ekstremal sharoitlar uchun moslashmagandek ko‘rinsa-da, biroq noma'lum sabablarga ko‘ra 8 km chuqurlikda juda yaxshi yashab kelmoqdalar.

“Ular bunday ekstremal muhitda yashash uchun baquvvat ko‘rinmasalar-da, biroq bu borada ancha muvaffaqiyatga egalar”, deb aytgan Vashington universitetidan Makkenzi Jyerrinjyer.

Tadqiqot davomida dengiz shilimshiqlari krevetkalar va mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqalanishlari aniqlangan.

Mavzuga oid
Top