08:46 / 29.11.2017
14791

Ovoz bering: Osiyoning boks bo‘yicha eng yaxshilarini tanlashda o‘zbekistonliklarni qo‘llab-quvvatlang!

Osiyo Boks konfederatsiyasi Osiyo qit'asida eng yaxshi bokschilar, murabbiylar, hakamlar va boshqalarni aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazmoqda. So‘rov konfederatsiyaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali tashkil etilgan

Unda “Osiyoning 2017 yildagi eng yaxshi bokschisi”, “Osiyoning 2017 yildagi eng yaxshi ayol bokschisi”, “Osiyoning 2017 yildagi eng yaxshi boks murabbiyi”, “Osiyo boksining 2017 yilgi eng yaxshi kashfiyoti”, “Osiyoning 2017 yildagi eng yaxshi murabbiyi”, “Osiyoning 2017 yildagi eng yaxshi boks hakami” kabi 13 turli toifalar bo‘yicha nomzodlarga ovoz berish so‘ralgan. 

Shu munosabat bilan KUN.UZ tahririyati va O‘zbekiston Boks federatsiyasi o‘zbekistonliklarni quyidagi havola orqali o‘tib, O‘zbekiston vakillariga ovoz berishga, shu bilan ularni qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. 

Mavzuga oid
Top