15:59 / 29.11.2017
12937

Putin: Rossiya mustaqil Falastin davlati tashkil etilishi tarafdori

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin xalqi bilan birdamlik xalqaro kuni munosabati bilan Falastin prezidenti Mahmud Abbosga maktub yo‘lladi. 

"Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zosi va xalqaro vositachilarning Yaqin Sharqdagi "to‘rtligi" vakili sifatida falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hayotga tatbiq etish borasida prinsipial pozitsiyani egallaydi.

Biz Yaqin Sharq muammosining adolatli va keng qamrovli, BMT XK rezolyutsiyalari va Arab tinchlik tashabbusini o‘z ichiga oluvchi xalqaro huquq negizida hal etilishi tarafdorimiz. Bunday hal etish natijasida 1967 yili Isroilning arab yerlarini egallab olinishiga chek qo‘yilishi va mustaqil, poytaxti sharqiy Quds shahrida bo‘lgan Falastin davlati tashkil etilishi kerak", - deyiladi maktubda. 

 

Top