20:48 / 29.11.2017
7109

Rossiya Federatsiya kengashi delegatsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda

Foto: Getty Images

Rossiya Federal yig‘ini Federatsiya kengashi raisi Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Rossiya delegatsiyasi 30 noyabrda Toshkentga yetib keladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Rossiya parlamenti vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadilar, “O‘zbekiston va Rossiya: strategik sheriklikning 25 yili” deb nomlangan tarixiy-hujjatli ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etadilar. 

30 noyabrda Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiya kengashining hamkorlik bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Rossiya parlamenti vakillari bilan birga Rossiya ishbilarmon doiralari vakillari keladigan tashrif dasturidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari” mavzusida “davra suhbati” o‘tkazish o‘rin olgan.

 

Top