22:39 / 29.11.2017
21491

Tog‘dan sakragan ekstremallar uchib ketayotgan samolyotning ichiga kira olishdi

Foto: Getty Images

Parvoz qilish uchun mo‘ljallangan moslama – vingsyutlarda bo‘lgan fransiyalik ekstremallar Fred Fyugen va Vins Reffet Shveytsariya Alplaridagi Yungfrau cho‘qqisidan pastga sakrab, parvoz qilayotgan yengil motorli samolyot ichiga kira olishgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. 

Ekstremallar sakragan cho‘qqining balandligi 4 ming metrni tashkil qiladi. Sportchilarning aytishicha, ular tryukni bajarishdan oldin Ispaniyada yuzta mashg‘ulot parvozini amalga oshirishgan.  

   

Reddit sayti foydalanuvchilari xuddi shunga o‘xshash tryuk 1995 yilda ishlangan, josus Jyeyms Bond haqidagi “Oltin ko‘z” filmidagi sahnalardan birida tasvirlanganini qayd qilishgan. Bu sahnada Bond mototsiklda samolyot ichiga kira oladi.

Vingsyut qanot shaklidagi maxsus kostyum bo‘lib, u havoning qarshi oqimlariga parvoz qilayotgan odamning oyoqlari, qo‘llari va tanasi orasidagi qanotlarni to‘ldirib, aerodinamik profil yaratishga imkon beradi. Buning hisobiga uchish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top