09:40 / 30.11.2017
10387

Peterburgda «Zenit» futbolchisi do‘pposlandi

Rossiyaning «Zenit» futbol klubi himoyachisi Denis Terentev Sankt-Peterburgdagi o‘z uyi oldida ikki noma'lum shaxs tomonidan kaltaklandi, deb xabar bermoqda «Fontanka.ru».

Foto: Denis Terentev

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hodisaga avtoturargohdagi joy sabab bo‘lgan, futbolchi uni boshqa bir haydovchi bilan bo‘lisha olmagani aytilmoqda.

Terentevning ta'kidlashicha, u bilan «hammasi joyida».

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda tergov jarayoni ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida OAV «Zenit»ning ashaddiy ishqibozlari jamoa sobiq hujumchisi Aleksandr Panovni do‘pposlashgani haqida xabar bergandi. Qayd etilishicha, bunga «Spartak» klubi atributikasining taqib yurilishi sabab bo‘lgan. Panov esa ushbu ma'lumotni rad etdi.

Top