18:05 / 30.11.2017
13682

Shamol yordamida olinuvchi energiyani qanday kelajak kutmoqda?

Foto: East News

Yevroittifoq 2016 yilda shamol energiyasidan 36 milliard yevro oldi. Shuningdek, Yevropadagi WindEurope sanoat guruhi shamol energetikasi 236 ming ish o‘rini bilan ta'minlagani va shamol energetikasi bilan bog‘liq mahsulotlarning 8 milliard yevrolik eksportiga olib kelganini hisoblab chiqdi, deb yozmoqda Slean Technica.

WindEurope asosiy g‘oyasi shamol energetikasi nafaqat ekologiyaga, balki iqtisodiyotga ham ta'sir ko‘rsatishini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lgan hisobotni e'lon qildi. 2016 yilda shamol energetikasi hissasiga 36 milliard yevro to‘g‘ri keldi – Yevroittifoq umumiy YaIMdan 0,26. Hisobotda aytilishicha, shamol – iqtisodiyot uchun energiyaning oqilona manbasi. Hamda Yevropa bu faktga bezak bermoqda.

Biroq hisobotning yozilishida ishtirok etgan ekspertlarning ta'kidlashicha, muvaffaqiyatni oshirish hamda ushlab turish uchun davlat tomonidan aniq va prognoz qilinuvchi harakatlar talab etiladi. Faqatgina shu holatda sanoatning rivojlanishi kafolatlanadi. Davlatning faol ishtiroki bilan, tegishli dasturlar bo‘lganida. O‘z navbatida qayta tiklanuvchi energiya masalasidagi aniqlik sarmoyadorlarni xotirjam qiladi, ularning pullari esa sohaga kirib kela boshlaydi.

Shamol energetikasi muvaffaqiyatini mustahkamlash hamda uni yanada rivojlantirish uchun maqsad qo‘yish kerak – YeIda 2030 yilga kelib energiyaning hech bo‘lmasa 35 foizi faqat qayta tiklanuvchi manbalardan olinishi lozim. Agarda bunday topshiriq davlat darajasida berilsa, shundan keyin yangi tadqiqotlar, yangi texnologiyalar ham keladi. Bularning bari qo‘shimcha ish o‘rinlari paydo bo‘lishi va iqtisodiy o‘sishni taqdim etadi.

Shu bilan birga, Yevropaning ba'zi davlatlari qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqish bo‘yicha ancha yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Yaqinda nemislar energiya keragidan ortiq ishlab chiqarilgani tufayli uning uchun pullarni ortga qaytarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Oktyabr oxirida esa Yevropa shamol energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Yevropa mamlakatlari elektr energiyasining to‘rtdan bir qismini shamol qurilmalaridan oldi. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 197 million uy xo‘jaligini ta'minlashga yetardi.

Top