Termizda o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining dastlabki chempionlari aniqlandi.
49 kg.gacha bo‘lgan vaznda Toshkent viloyatidan kelgan bokschi Xudoynazar Fayzov buxorolik Mironshoh Ibrohimov ustidan g‘olib chiqdi — 3:2. Bronza medallar yarim finalchilar — Nodirjon Mirzaahmedov (Toshkent sh.) va Abrorbek Abdusalomov (Andijon) ga berildi.
52 kg.gacha bo‘lgan vaznli bokschilar finalida farg‘onalik Abdullo Qo‘chqorov keskin kechgan jangda andijonlik Hasanboy Latifoxunov ustidan g‘olib chiqdi — 3:2. Bronza medallar yarim finalchilar — Asadbek Malikov (Toshkent v.) hamda Shahriyor Isoqov (Andijon) ga topshirildi.
56 kg.gacha bo‘lgan vaznli bokschilar finalida 52 kg. vaznda Rio olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov toshkentlik Abdulhay Shorahmatovga mutlaqo imkoniyat qoldirmadi — 5:0. Bronza medallar farg‘onalik bokschilar — Mirazizbek Mirzaxalilov va Abrorjon Qodirovga nasib etdi.
Qolgan vaznlarda ham final janglari davom etmoqda.