19:30 / 30.11.2017
14455

Sport TV JCh-2018 qur'asini namoyish etmaydigan bo‘ldi

Foto: Sport Ekspress

1 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da JCh-2018 uchun qur'a tashlanadi. Bu marosim Moskvaning Kreml saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Avvalroq, ushbu tadbir MTRK Sport TV kanalida to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish qilinishi haqida xabar berilgandi.

Ammo endi ma'lum bo‘lishicha, ushbu tadbir translatsiyasini namoyish etish huquqi O‘zReport TV tomonidan sotib olingan va aynan ushbu telekanalda qur'a marosimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin bo‘ladi. 

MTRK Sport TV da ham jonli efir tashkil qilinadi, ammo marosimdan lavhalar emas, Xayrulla Hamidov, Dilshod To‘xtabekov va boshqa jurnalistlar ishtirokida qur'aga bag‘ishlangan tahliliy ko‘rsatuv rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatuv ham qur'a paytida namoyish etiladi.

Top