08:58 / 30.11.2017
4646

Urgutda MFY uchun yangi binolar foydalanishga topshirildi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3 fevralda qabul qilingan «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, joriy yilda Urgut tumanida ham bir qator fuqarolar yig‘inlari o‘z yangi binolariga ega bo‘ldi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yillik bayrami arafasida tumandagi 4ta mahalla «Jarqishloq», «Chumchuqli», «Satang» va «Yetti uylik» mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Binolar zamonaviy ko‘rinishda bo‘lib, mahalla raisi, mas'ul kotib, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, mahalla posboni, profilaktika inspektori, nuroniylar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlar uchun alohida xonalar, majlislar zali — jami 12 ta xona mavjud bo‘lib, qurilish ishlari homiylar ko‘magida hashar yo‘li bilan amalga oshirildi.

Yil yakuniga qadar tumandagi yana 6ta — «Mirzaqishloq»,  «Rahmatobod», «Tinchlik», «Nisbot», «Sariqtepa» hamda «Mo‘g‘ol» mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binolari foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top