16:40 / 30.11.2017
15677

Video: Gvardiola raqib futbolchisiga tashlanib qoldi

«Sauthempton»ga qarshi o‘yindan so‘ng, «Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola maydonga yugurib chiqdi va mehmonlar jamoasi hujumchisi Neyton Redmondga tashlanib qoldi. Bu holat videosida futbolchi murabbiyga nisbatan o‘zini sokin tutishga uringan bo‘lsa-da, Gvardiola juda emotsional tarzda Redmondga bir narsalarni tushuntirishga uringanini ko‘rish mumkin. 

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar kataloniyalik murabbiydan bu haqida ham so‘rashdi. 

«Men Redmondga «sen ajoyib futbolchisan» dedim. «Sauthempton» tarkibida juda iqtidorli ijrochilar bor. Redmond ham har qanday raqib bilan juda xavfli. Lekin ular futbol o‘ynashni negadir istamadilar. 9-daqiqadan boshlab vaqtni cho‘zishdi. Men shunchaki, ularning o‘ynashlarini istagandim» – dedi Gvardiola. 

Qo‘yidagi videoni Gvardiolaning tilidan dublyaj qilinsa, juda kulgili holat bo‘lishi tabiiy. Aslida murabbiy haddan tashqari jahl bilan va salbiy ohangda gapirgani ko‘rinib turibdi.

Mavzuga oid
Top