08:00 / 30.11.2017
13434

Video: Runi uchta golidan birini maydonning ikkinchi qismidan urdi

«Everton» hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionatining 14-turida «Vest Hem Yunayted»ga qarshi kechgan va 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinning 66-daqiqasida maydonning ikkinchi qismidan turib gol urdi. 

Tajribali hujumchi mehmonlar jamoasi darvozaboni Jo Hart postini tashlab chiqqanidan foydalanib, uzoqdan zarba berdi. Bu gol uning uchun o‘yindagi uchinchi gol edi. Shu tariqa, u 2011 yilning 10 sentabridan buyon ilk het-trik bo‘ldi. Endi unda APL o‘yinlarida qayd etilgan sakkizta het-trik bor. Undan ko‘proq natija Alan Shirer (11) va Robbi Fauler (9) tomonidan qayd etilgan, Terri Anri va Maykl Ouen ham sakkiztadan het-trik qilgan. 

Qayd etish kerakki, «Everton» yangi murabbiy Sem Ellardays boshchiligidagi ilk o‘yinda muvaffaqiyatga erishdi va turnir jadvalida «xavfli hudud»ni tark etib, 15 ochko bilan 13-o‘ringa «sakradi».

Mavzuga oid
Top