10:11 / 01.12.2017
8691

Afsonaviy uchuvchi ayol Marina Popovich vafot etdi

Foto: Marina Popovich

Afsonaviy sovet birinchi toifa sinovchi-uchuvchisi Marina Popovich 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U MiG-21 reaktiv qiruvchi samolyotida sinov parvozini amalga oshirgani uchun “MiG xonim” nomi bilan mashhur edi. 

Popovich, shuningdek, NUJ (noma'lum uchar jism) va Qor odamga duch kelgani haqidagi afsonalar bilan ham tanilgan edi. 

Rasman 1931 yilda, biroq o‘z so‘zlariga ko‘ra, 1937 yilda dunyoga kelgan uchuvchi aviatsiya sohasida 102 ta rekord o‘rnatgan. 

U nafaqaga chiqqanidan so‘ng, ikkinchi dunyo mavjudligiga doir ilmiy izlanishlar olib bordi. Popovich noma'lum uchar jismlarni 3 marta ko‘rganini ta'kidladi. 

Uchuvchi, shuningdek, 1982 yili Pomir tog‘larida Qor odamni ko‘rganini aytgan edi. 

Top