18:05 / 01.12.2017
6340

Polshaning 300 mingga yaqin aholisi elektr energiyasiz qoldi

Polshada kuzatilgan kuchli qor yog‘ishi oqibatida 300 ming kishi elektr manbaidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda hukumat xavfsizlik markazi direktori Marek Kubyak ma'lum qildi

O‘tgan kunlarda Polshada mavsumdagi ilk qor yog‘ishi kuzatildi. Xususan, Varshavada 24 soat mobaynida tinimsiz qor yoqqan. 

Kubyakning Twitter sahifasida yozishicha, tinimsiz va kuchli qor yog‘ishi oqibatida 292 ming kishi elektr ta'minotidan uzilgan. 

Meteorologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Polshada bugun ham vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi davom etadi. 

Mavzuga oid
Top