Fan-texnika | 17:31 / 02.12.2017
45729
4 daqiqa o‘qiladi

Sizning daho bo‘lishingizga yordam beruvchi 33 ta internet sayti

Foto: Fotolia

Tadbirkor Tomas Oppong Medium portalida e'lon qilgan eslatmasida o‘zining aqliy salohiyatini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun 33 sayt manzilini joylashtirdi. Siz ularning bir qismidan foydalansangiz ham hayotingizda o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘rasiz. 

Ma'lumki, internet yangi bilimlar manbasi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Chunki Oksford professorining yozgan kitobini izlab yurish shart emas, chunki ayni shu mutaxassis onlayn kurslarni tashkil etgan bo‘lishi mumkin. 

Biroq ta'lim beruvchi saytlar soni ko‘payib borayotgani ham sezilarli muammoga aylangan. Ularning har biri o‘nlab va hatto yuzlab kurslarga egaligi e'tiborga olinsa, foydalilarini tanlash uchun ham vaqt talab etiladi. Quyida tadbirkor va bloger Tomas Oppong bu tashvishni yengillashtiradi. Faqatgina, bu saytlarning aksariyati ingliz tilidadir. 

BBC  Future  — zamonaviy dunyo haqidagi maqolalar va videolar sayti

99U — Yetakchilik, samaradorlik va o‘zini tarbiya qilishga doir YouTube-sahifasi

YouTube EDU  — Ta'lim videolarini o‘z ichiga olgan YouTube qismi

WikiWand  — «Vikipediya» saytining ancha puxta ishlangan interfeysi

The long read  (The Guardian) —The Guardian nashrining o‘yga toldiruvchilar lavhalar bo‘limi

TED — o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashuvchi ilg‘or kishilar ishtirokidagi video

iTunes U — Yetakchi universitetlarning ma'ruzalariga bag‘ishlangan iTunes bo‘limi

Insightful Questions —Reddit ijtimoiy tarmog‘ining intellektual muhokamalar bo‘limi

Cerego — kishining kuchli va zaif tomonlariga bog‘liq ta'lim berish rejasini ishlab chiquvchi xizmat

University of the People — turli mutaxassisliklar bo‘yicha bepul kurslarni taqdim etuvchi onlayn-universitet

Open Sesame — kurslarni sotish uchun maydon

CreativeLive — ijodiy mutaxassisliklar bo‘yicha jahon ekspertlaridan bepul kurslar

Coursera — dunyoning yuzlab mashhur universitetlarining kurslariga ega sayt

University of Reddit  — Reddit ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchilar o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashadigan bo‘limi

Quora — biznesdan komikslargacha bo‘lgan turli xil savollarga javob topish mumkin bo‘lgan sayt

Digital Photography School — fotosuratga olishni o‘rgatishga bag‘ishlangan sayt

Umano — ma'ruza va maqolalar o‘qilgan yirik audioyozuvlar zaxirasi

Peer 2 Peer University — ochiq ta'lim loyihasi

MIT Open CourseWare — Massachusets texnologiya instituta bepul kurslari

Gibbon — ta'lim beruvchi pley-listlarni tashkil etuvchi xizmat

Investopedia — investitsiya kiritish, moliya bozorlaridagi o‘yinlar va shaxsiy moliyani ta'lim beradi

Udacity — texnik yo‘nalishdagi onlayn-kurslar

Mozilla Developer Network — veb-dasturlovchilari uchun hujjatlar

Future Learn — yetakchi univversitetlardan bepul onlayn darslar

Google Scholar — ilmiy adabiyotlar: kitoblar, maqolalar, jurnallar va boshqa manbalardan qidirish

Brain Pump — har kuni nimadir yangi narsa o‘rganish mumkin bo‘lgan sayt

Mental Floss — turli sohalardagi bilim darajasini aniqlash bo‘yicha testlar

Learnist — ekspertlar tomonidan tanlangan mavzular bilan ta'lim berish

DataCamp — ma'lumotlar fani bo‘yicha onlayn-tutoriallar va kurslar

edX — turli universitetlarning onlayn-kurslari

Highbrow — elektron pochtaga yuboriladigan uncha katta bo‘lmagan kunlik kurslar

Coursmos — e'tiborini tez-tez boshqa narsalarga qaratadiganlar uchun qisqa kurslar

Platzi — dizayn, marketing va dasturlash bo‘yicha onlayn-darslar

Mavzuga oid