11:38 / 02.12.2017
36602

O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi 

Foto: Lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017 yil 6 sentabrdagi O‘RQ-442-son Qonuniga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B.Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonunlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar haqida”gi 1994 yil 18 martdagi PF-795-son Farmonining 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-son Farmonining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 apreldagi PQ-331-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti to‘g‘risida nizomida:

a) 8-bandining 8.5. kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“8.5. Tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib borish sohasida jinoiy ishlar qo‘zg‘atish, moliya-iqtisodiyot, soliq sohasida jinoyatlar va huquq buzilishlarini sodir etish hollari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlarini tashkil qilish va olib borish;

Departamentning hududiy bo‘linmalarida tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish”.

b) 12-banddagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2010 yil 8 yanvardagi PQ-1257-son qarorining 1-bandi yettinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktabr) qoidalarini amalga oshirish choralari to‘g‘risida”gi 2011 yil 5 iyuldagi PQ-1566-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi nizomning 39-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“ishni tergov, surishtiruv yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlariga topshirish”.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida nizomda:

a) 6-bandning beshinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirildi;

b) 7-bandi “g" kichik bandning sakkizinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv" degan so‘zlar bilan almashtirildi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 6-bandi “a” kichik bandining yettinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirildi;

b) 7-bandning yettinchi xatboshisidagi “surishtiruv" degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv" degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Mavzuga oid
Top