07:50 / 03.12.2017
15795

Foto: De Xea o‘yin qahramoni

«Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea APLning 15-turida «Arsenal»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yin qahramoniga aylandi. Ispaniyalik ushbu darvozabon o‘z darvozasiga kirib ketayotgan 14 zarbani bartaraf etdi, uning qahramonliklari evaziga jamoa birinchi bo‘limni ikki gol ustunligi bilan yakunladi - 2:0. 

De Xea bu o‘yinda o‘zini ko‘rsatish orqali Premer-liganing tarixiy rekordini takrorladi — bungacha bitta o‘yinda 14 seyv italiyalik Vito Mannone niderlandiyalik Tim Krul tomonidan amalga oshirilgandi. 

Umuman, o‘yin davomida «Arsenal» raqib darvozasi tomonidan 33 marta zarba berdi, shundan 15tasi aniq zarba. De Xea faqat Aleksandr Lyakazettning zarbasini qaytara olmadi.

Top